Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
25 NAFAR ISHSIZ FUQAROLARGA MEHNAT QUROLLARI TOPSHIRILDI
2022-12-28 19:30:26 191
Bugun Qo‘shtepa tumanida 25 nafar ishsiz fuqarolarga o‘zini o‘zi band qilishlari uchun amaliy yordamlar ko‘rsatilib, ularga 16 ta kosibchilik uchun tikuv mashinasi, 2 ta payvandlash uskunasi, 6 ta pishiriq pechi hamda 1 ta motokultivator topshirildi.
Ushbu mehnat qurollari ishsiz fuqarolarga o‘z oilaviy daromad manbaini yaratishlari uchun mahalladagi hokim yordamchilarining tavsiyasi bilan Mahallabay ishlash agentligi jamg‘arma mablag‘lari hisobidan subsidiya asosida berildi.
Tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, shuningdek mahallalarning hokim yordamchilari ishtirok etgan tadbirda mehnat qurollari o‘z egalariga topshirildi.