Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KAM TA’MINLANGAN, EHTIYOJMAND OILALARGA MODDIY YORDAM BERILDI
2022-12-28 13:34:27 192
Bugun tuman hokimligida kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarning xozirgi sharoitlari va bemorlarning davolanishi uchun mablag‘ zarurligi inobatga olinib ularga moddiy yordam ko‘rsatildi.
Qo‘shtepa tumani hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari ishtirokida 10 nafar fuqarolarga moddiy yordam berilib, ularning farzandlari uchun yangi yil sovg‘alari ulashildi.
Qo‘shtepalik saxovatpesha insonlar hamda “Gavhar” fermer xo‘jaligi rahbari X.Sotvoldiyev, “Jamshid Zarina” fermer xo‘jaligi rahbari I.Madaminovlar tomonidan 10 nafar kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarga jami 17 million so‘m miqdorida moddiy yordam berildi.