Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
ISHSIZ YOSHLARGA MEHNAT QUROLLARI TOPSHIRILDI
2022-12-27 14:27:37 193
Qo‘shtepa tumanida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning bandligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun Yoshlar markazida bo‘lib o‘tgan tadbirda oilasi kam ta’minlangan 11 nafar ishsiz yoshlarga o‘zini o‘zi band qilishlari uchun amaliy yordamlar ko‘rsatildi.
Tadbirda tuman hokimi I.Novikov hamda sektor rahbarlari ishtirok etishdi. Tuman hokimligi hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 11 nafar ishsiz yoshlarga subsidiya asosida 1 ta tikuv mashinasi, 3 ta poyafzal tikuv mashinasi, 3 ta motokultuvator, 1 ta duradgorlik dastgohi, 1 ta sartaroshlik anjonlari, 1 ta karcher hamda 1 ta mebel yasash uskuna va anjomlari topshirildi.