Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 100 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BAYRAM TOMOSHALARI BOLAJONLARGA BIR OLAM ZAVQ BAG‘ISHLADI

×

 2022-12-21 18:47:38    201

PDF yuklash
Chop etish



Dillarda bayram shukuhi

Qo‘shtepa tumanida yangi yil o‘zgacha shukuh va quvonch bilan qarshi olinmoqda. Xususan, joriy yilning 20-30 dekabr kunlari tumanda sektorlar bo‘yicha “Yangi yil” tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Bugun Qumtepa mahallasidagi “Turkiston” tantanalar majmuasida 1-sektordagi 100 nafarga yaqin ijtimoiy ximoyaga muhtoj oila vakillari va ularning farzandlari uchun to‘kin dasturxon atrofida bayram tadbiri tashkillandi.

Tadbirda tuman hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov ishtirok etib, barchani bayram bilan qutladi. Tuman hokimi ishtirokida bolajonlarga Yangi yil sovg‘alari topshirildi.

Tuman Madaniyat uyi badiiy jamoasi tomonidan tayyorlangan bayram tomoshalari bolajonlarga bir olam zavq bag‘ishladi. Ular rang-barang chiroqlari tovlanib turgan maftunkor archa atrofida Qorbobo, Qorqiz va turli ertak qahramonlari bilan birga qo‘shiq aytib, raqsga tushdilar.





















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram