Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
7 NAFAR BEMORGA MODDIY YORDAM KO‘RSATILDI
2022-12-09 16:02:21 224
#Inson_qadri_uchun
Qo‘shtepa tumanida kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda og‘ir ahvoldagi bemorlarni sog‘ligini tiklashlari uchun ularga saxovat va ko‘mak ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Tumandagi mahallalarda istiqomat qiluvchi, moddiy yordamga muhtoj oilalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish, davolanish va dori-darmon vositalari bilan ta’minlash maqsadida, sektor rahbarlarining tashabbusi bilan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 7 nafar bemorlarga jami 74 600 000 so‘m moddiy yordam ko‘rsatildi.
Bemorlarning yaqinlariga tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari ishtirokida yordam pullari topshirildi.