Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
3 DEKABR – NOGIRONLAR KUNI MUNOSABATI BILAN XAYRLI TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA
2022-12-02 14:50:02 180
“3 dekabr – nogironlar kuni” munosabati bilan Qo‘shtepa tumanida xayrli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bugun tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, shuningdek mas’ul idoralarning rahbarlari hududlarda bo‘lib nogironligi bo‘lgan 6 nafar fuqarolarning holidan xabar olishdi.
Yo‘qlov davomida mehrga tashna fuqarolarimizga nogironlik aravachasi, oziq-ovqat mahsulotlari hamda tuman mahalla xayriya jamoat fondining sovg‘a-salomlari ulashildi. O’z navbatida ular ham Prezidentimiz yuritayotgan odilona siyosatdan va o‘zlariga berilayotgan e’tibordan mamnun bo‘lib, shukronalik tuyg‘ularini bildirishdi.
“3 dekabr – nogironlar kuni” munosabati bilan tumanimizda o‘tkazilayotgan xayrli tadbirlar davom etmoqda.