Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
G’OLIBLAR MUNOSIB KUTIB OLINDI
2022-12-02 14:16:26 236
Buxoro viloyatida Besh tashabbus olimpiadasining ikkinchi mavsumi doirasida qizlar o‘rtasida 22-26 yosh toifasida o‘tkazilgan musobaqada Qo‘shtepa tumani “Do‘rmon” MFY qizlar jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kirishdi.
Bugun jamoa qizlarini Do‘rmon mahallasidagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi. Tadbirda mas’ul idoralarning rahbarlari, maktab jamoasi, mahallaning mas’ullari hamda chempionlarning ota-onalari ishtirok etishdi.
Tadbirda tuman hokimi I.Novikov so‘z olib jamoani erishilgan g‘alaba bilan samimiy tabriklab, ularni munosib taqdirladi.