Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
DO‘RMON VA DO‘STLIK MAHALLASIDA 4 KILOMETR ICHKI YO‘LLAR ASFALTLASHTIRILDI
2022-12-01 10:08:34 172
“Tashabbusli byudjet” doirasida ajratilayotgan mablag‘lar hududlarda yashovchi aholining yillar davomida yig‘ilib qolgan eng dolzarb muammolariga yechim bo‘lmoqda.
Xususan Qo‘shtepa tumanidagi Do‘rmon MFY aholisi ham mazkur loyihaning joriy yilgi ikkinchi mavsumida faol ishtirok etib, g‘oliblar qatoridan o‘rin olishdi. Hududdagi ichki yo‘llarni asfaltlash uchun byudjetdan 1 milliard 200 million so‘m mablag‘ ajratildi.
Ayni kunlarda Do‘rmon mahallasidagi Istiqbol, Kichik bog‘, Beqiyos, Baraka, Osuda, Do‘rmontepa hamda Do‘stlik mahallasidagi Faxr ko‘chalarining 4 kilometr qismida ichki yo‘llar asfaltlashtirildi.
Ko‘chalarga asfalt yotqizish ishlari esa “Best Story - 2020” MChJ tomonidan olib borildi.