Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 60 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI DAVOM ETMOQDA

×

 2022-11-24 16:15:44    182

PDF yuklash
Chop etish



Favquloldda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha Farg‘ona viloyati hududiy komissiyasining yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish hamda “Yong‘in xavfsizligi oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Qo‘shtepa tumani hokimligida tumandagi umumta’lim maktablarining direktorlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari mudiralari, korxona va tashkilot rahbarlari hamda oylaviy polikilinika mudirlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Seminarda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik J.Madaminov ishtirok etdi va ishtirokchilarga “Yong‘in xavfsizligi oyligi”ni o‘tkazish davrida ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarda yong‘inlarni oldini olish borasida targ‘ibot tadbirlarini muntazam ravishda olib borish orqali, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz xolatlarni oldini olish mumkin ekanligini tushuntirib o‘tdi.

Tadbir yakunida barcha mas’ullarga bajarilishi lozim bo‘lgan talablar yana bir bor yetkazilib, ijro nazoratga olindi.

 








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram