Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KEKSALAR DOIMIY E’TIBORDA
2022-11-21 15:06:25 180
#Inson_qadri_uchun
Keksalarga hurmat – azaliy qadriyat
Yurtimizdagi milliy qadriyatlarimizdan biri yoshi ulug‘ insonlarni qadrlashdir. Keksalarni e’zozlashdek azaliy qadriyat xalqimizni jipslashtirish, odamlar orasida mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlash, turli millat vakillarining ahil-inoq yashashiga xizmat qilib kelgan. “Qarisi bor uyning parisi bor”, deydilar. Zero, keksalari bor yurtda, xonadonda quvonch, fayzu baraka, xotirjamlik bo‘ladi. Keksalarga ehtirom, e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish asrlar osha yashab kelayotgan boqiy qadriyatlarimizdan sanaladi. Darhaqiqat yurtimizda nuroniylarga alohida hurmat-ehtirom ko‘rsatib kelinmoqda.
Qo‘shtepa tumanida 18332 nafar nuroniylar keksalik gashtini surib, umrguzaronlik qilmoqdalar va ularga doimo hurmat, e’tibor, ehtirom ko‘rsatib kelinmoqda. Ularni holidan xabar olish, ijtimoiy himoyaga muhtojlarni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash ishlari manzilli ravishda tashkil etilmoqda.
Jumladan, oktyabr oyida ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan “Keksalar haftaligi” doirasida tumanda 200 nafar keksa nuroniylar uchun bayram tadbirlari tashkil etildi. Tadbir davomida yurt rivoji, mahalla tinchligi va yosh avlodning munosib tarbiyasiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan nuroniylarga izzat-ehtirom ko‘rsatilib, tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari topshirildi.
35 nafar yakka yolg‘iz yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalar esa Beshariq tumanidagi “Besh chashma” sihatgohiga dam olish uchun bepul yuborildi.
Shuningdek, joriy yil davomida 20 nafar nuroniylarga reproduktiv vositalar, shundan 4 ta nogirionlik aravachasi, 4 ta eshitish moslamasi, 8 ta qo‘ltiq tayoq va 4 ta hassalar berildi.
Bundan tashqari “Kekslar turizm oyligi” doirasida 50 nafar nuroniylar Namangan viloyatidagi ziyoratgoh, tarixiy obidalar va muzeylarga olib borildi. Ushbu tadbirlar ko‘tarinki kayfiyatda “Bir piyola choy ustida” ham davom etmoqda.