Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
DAVLAT BAYROG‘I TO‘G‘RISIDAGI QONUN QABUL QILINGAN KUN MUNOSABATI BILAN QO‘SHTEPADA BAYRAM TADBIRI O‘TKAZILDI
2022-11-18 13:34:08 193
O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kunning 31 yilligi munosabati bilan Qo‘shtepa tumanida ham keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot tadbirlari ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tmoqda.
Tuman Madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan tadbirda sektor rahbarlari, harbiylar, huquq-tartibot idoralari xodimlari, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda tuman hokimi I.Novikov so‘zga chiqib barchani bayram bilan tabrikladi. Shundan so‘ng vatan madhiyasi yangradi.
Shuningdek, bayram munosabati bilan tumanimizda har sohada fidoyilik ko‘rsatib mehnat qilayotgan xodimlar taqdirlanishdi.
Tantanali ruhda o‘tgan tadbirda tuman Madaniyat markazining xonandalari o‘zlarining kuy-qushiqlari bilan kelganlarni hushnud etdi.