Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KEKSALAR HAMISHA E'ZOZIMIZDA

×

 2022-11-16 14:31:17    179

PDF yuklash
Chop etish



Ma’lumki, yoshi ulug‘ insonlarning hayot yo‘llari har doim yoshlar uchun ibrat maktabi bo‘lib kelgan. Ularning duolari navqiron avlodga kuch-quvvat, g‘ayrat shijoat bag‘ishlaydi. Yoshi ulug‘larni hurmat qilish, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish jamiyatimizning o‘ziga xos yuksak ma’naviyati va madaniyati belgisidir.

Qo‘shtepa tumanida o‘tkazilgan “Keksalar – e’zozimizda” deb nomlangan uchrashuvda xalqimizga xos ezgu an’analar yaqqol namoyon bo‘ldi. Tadbirda tumanimizda istiqomat qilayotgan piru badavlat nuroniy otaxon va onaxonlar ishtirok etdi. Shuningdek, tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, viloyat Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining keksalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Z.Raxmonovlar ham qatnashdi.

Tadbirda tuman hokimi I.Novikov bugun keksalik gashtini surayotgan otaxon va onaxonlarning har bir so‘zi, hayotiy tajribasi yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda g‘oyatda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

Bir piyola choy ustidagi shirin diydor barchaga xushkayfiyat baxsh etib, faol va fidoyi hamyurtlar esga olindi, davraning fayzi bo‘lgan nuroniylarga ehtirom ko‘rsatildi. 









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram