Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HOKIM YORDAMCHILARI – XALQQA KO’MAKDOSH
2022-11-16 08:38:41 184
QISQA SATRLARDA...
Qayrag‘och MFYdagi hokim yordamchisi S.Turobovning tavsiyasiga ko‘ra Binokor ko‘chasida yashovchi M.Xojimatovga imtiyozli kredit asosida qandolat mahsulotlari tayyorlash dastgohi sotib olindi va uning bandligi ta’minlandi.
Loyson MFYdagi hokim yordamchisi F.Umarovning ko‘magida Inoqlik ko‘chasida yashovchi D.Xolmirzayevaga bandligini ta’minlash maqsadida “Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida imtiyozli kreditga tikuv mashinasi olindi.
Shuningdek, Loyson mahallasida Farg‘ona MYBX DUK hamda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikda aholiga kuz-qish mavsumida qulaylik yaratish maqsadida Sarbon ko‘chasining 540 metr qismi asfaltlashtirildi.
Istiqbol MFYga qarashli Oqbilol mahallasi alohida aholi yashash punkti hisoblanib, 43 ta xonadonda 231 nafar fuqarolar istiqomat qiladi. Ushbu hududda yashovchilarning savdo do‘koniga bo‘lgan ehtiyojlari inobatga olinib, hokim yordamchisi Z.Mo‘minovning yordamida X.Madraximovga imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan ko‘chma savdo do‘koni o‘rnatildi.
Shahartepa MFYdagi hokim yordamchisi M.Xakimov Mingterak ko‘chasida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj M.Soliyevaning holidan xabar olib, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berdi.