Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
O’QUV SEMINAR BO’LIB O’TDI
2022-11-14 08:51:39 168
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 31 oktyabrdagi №02/1-1162-son topshiriq xati asosida tashkil etilgan ishchi guruhi a’zolari ishtirokida Qo‘shtepa tumani hokimligida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda tumandagi kam ta’minlangan oilalar farzandlariga beriladigan bolalar nafaqasi va moddiy yordam pullari yuzasidan aholi muammolarini mahallabay hal etish, ushbu jarayonda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korruptsiyaviy xavf-xatarlarni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish orqali murojaatlar sonini kamaytirish bo‘yicha kelishib olindi.
Tadbirda Qo‘shtepa tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i A.Yunusov, tuman hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Olimova, tuman BTPJ bo‘limi boshlig‘i Sh.Sharopov hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, shuningdek, “Ishchi guruh” tarkibidagi tashkilot ma’sullari ishtirok etishdi.