Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 65 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPADA YOSHLAR BALANSI YANGIDAN SHAKLLANTIRILADI

×

 2022-11-14 08:15:21    1340

PDF yuklash
Chop etish



Yoshlar balansini to‘liq shakllantirish, ularning muammolarini o‘rganish va aniq yechim belgilab olish maqsadida, Qo‘shtepa tumanidagi barcha mahallalarda qayta xatlov jarayonlari boshlanmoqda. Shu munosabat bilan tuman hokimligining majlislar zalida tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, shuningdek, korxona hamda tashkilotlar rahbarlari, mahallardagi mas’ul xodimlar ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda, xatlov jarayonlarini olib borishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan uslubiy-huquqiy tavsiyalar berildi. Ta’kidlanishicha, xatlov orqali mahalladagi yoshlar yetakchisi yoshlarning muammolarini aniqlab, ularni “Yoshlar daftari”ga kiritadi va aniqlangan muammolarni ijobiy hal etish chora-tadbirlarini belgilaydi.

Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 19 yanvardagi 92-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 312-sonli Qarorlarida, yoshlar yetakchisi tavsiyanomasi asosida ko‘rsatiladigan 20 dan ortiq yordam turlari belgilab berilgan.

O’tkazilgan birinchi xatlov natijalariga ko‘ra aniqlangan muammolarni hal qilish uchun tuman “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan shu kunga qadar oliy va professional ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 350 dan ziyod Qo‘shtepalik talabalar uchun kontrakt to‘lovlarining ma’lum qismi to‘lab berildi. Shuningdek, 30 nafar yoshlarga davolanish va salomatliklarini tiklash uchun moddiy yordam ko‘rsatildi. Subsidiya tariqasida turli mehnat qurollari olib berish evaziga 130 nafar ishsiz yoshlarning bandligi ta’minlandi. Bulardan tashqari, 75 nafar yigitlar uchun harbiy xizmat badali, 60 nafar yoshlarning haydovchilik guvohnomalari to‘lovlari uchun 1.5 mlrd. so‘m mablag‘ sarflandi.

Tumanda ishsiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 780 nafar yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida ijara asosida dehqon xo‘jaligini yuritish uchun 10 sotixdan (jami - 80 gektar) yer uchastkalari ajratib berildi.

Qayta xatlov jarayonlari tumandagi yoshlarning mavjud muammolarini to‘liq o‘rganish va ularni ijobiy hal etishga qaratilgan tadrijiy sa’y-harakatlarni yanada takomillashtirish imkonini beradi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram