Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 62 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SHIFOKORLAR HAMISHA ELDA AZIZ, HURMAT-E'TIBORDA!

×

 2022-11-10 12:29:24    203

PDF yuklash
Chop etish



Jamiyatda shunday kasb sohiblari borki ular uchun ish vaqti chegaralanmagan, odamlar ularga kechayu kunduz murojaat qilishadi, ko‘mak so‘rashadi. Bu kasb egalari ham ko‘mak so‘ragan insonga yordam berishga qasamyod qilishgan va hamisha qasamyodlariga sodiq turishadi. Anglagan bo‘lsangiz kerak bunday kasb sohiblari shifokorlardir.

Shifokorlar hamisha insonlar bilan birga. Shifokor uchun bemorning millati, ijtimoiy kelib chiqishi ahamiyasiz, eng asosiysi, bemor dardiga shifo topsa bo‘lgani. Shuning uchun ham shifokorlar hamisha elda aziz, hurmat-e’tiborda.

Tibbiyot xodimlarining sharafli va mas’ulyatli mehnatini e’zozlash, samarali faoliyat yuritish uchun zarur imkoniyatlar yaratish hukumatimizning doimiy e’tiborida. Yurtimizda har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi shifokorlarning kasb bayrami sifatida nishonlanadi.

Shifokorlarning kasb bayramlari munosabati bilan O’zXDP Qo‘shtepa tumani Kengashi raisi Sh.Sharopov va deputatlar, shuningdek, partiya faollari Qo‘shtepa tumani markaziy shifoxonasining “Langar” bo‘limidagi fidoiy hamshiralar, qo‘li yengil shifokorlar huzuriga tashrif buyurdilar. Ularni kasb bayramlari bilan samimiy tabriklashib esdalik sovg‘alarini taqdim etishdi. Bayramona tashrifdan oddiy tibbiy xodimlari, hamshiralar va shifokorlar behad mamnun bo‘lishdi.

Shuningdek, tadbir davomida shifoxonada uzoq yillar mobaynida ishlagan soha vakillari holidan ham xabar olindi.

 











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram