Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
ONLINE
2022-11-01 11:32:45 149
FUQAROLAR QABULI – XALQ BILAN OChIQ MULOQOT
Xalq bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida Qo‘shtepa tumanidagi sektor rahbarlari tomonidan haftaning seshanba kunlari Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli o‘tkazilmoqda.
Bugun bo‘lib o‘tayotgan navbatdagi qabulda hokim o‘rinbosarlari hamda tumandagi idora va tashkilot rahbarlari ishtirok etishmoqda.
Qabul chog‘ida sektor rahbarlari tomonidan fuqarolarning murojaatlari birma-bir tinglanmoqda. Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechayotgan qabulda uy-joy, moddiy yordam, bank, bandlik va shu kabi boshqa masalalarga oid murojaatlar ko‘rib chiqilmoqda.
Qabul davomida barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, yechimi oson bo‘lgan murojaatlar joyida hal etilib, ayrim murojaatlarga huquqiy maslahat va tushunchalar berilmoqda. Muddat talab etiluvchi murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olinmoqda.