Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
2022-10-27 21:35:00 230
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shtepa tuman sudining raisi A.Ergashev ishtirokida tuman tibbiyot birlashmasida “Korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi ijrosi” hamda “Chaqaloq savdosiga qarshi kurashish” faoliyatini yanada jonlantirish mavzularida kelgusida bunday jinoyatlarning oldini olishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
JIB Qo‘shtepa tuman sudining raisi A.Ergashev tomonidan tadbir ishtirokchilariga odam savdosi jinoyatining bir ko‘rinishi bo‘lgan, biroq undanda xavfli va achinarli jinoyat chaqaloq savdosi ekanligi, jinoyat qonunchiligida bunday jinoyat uchun ham qat’iy jazo choralari belgilanganligi va bunday jinoyatlarga qarshi kurashish lozimligi aytib o‘tildi.
Bundan tashqari, yig‘ilganlarga respublikamizda yangi qabul qilingan farmon va qonunlarning mazmun-mohiyati haqida ham tushuntirishlar berildi.