Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 158 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT

×

 2022-10-27 11:01:16    186

PDF yuklash
Chop etish



Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘shtepa tumanidan yuborilgan tanqidiy murojaat e’lon qilingan edi.

Murojaatda: – “Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani Xumdon MFYda aloqa sifati yaxshi emas, “O’zmobayl” kompaniyasi bir yildan beri antenna o‘rnatamiz deb qo‘ynimizni puch yong‘oqqa to‘ldirib keladi. Iltimos, aloqa va internet sifatini yaxshilab berishsin!”  – deya xabar qilingan.

Qo‘shtepa tumani Xumdon MFYdan yo‘llangan ushbu murojaat yuzasidan “O’zbektelekom” aktsiyadorlik kompaniyasi Farg‘ona filiali Qo‘shtepa telekommunikatsiya bog‘lamasi quyidagilarni ma’lum qiladi: “Xumdon mahallasida “O’zbektelekom” aktsiyadorlik kompaniyasi Farg‘ona filiali Qo‘shtepa telekommunikatsiya bog‘lamasi tomonidan 7 km optik tolali aloqa liniyalari tortilib, extiyoji bor 30 dan ortiq xonadonlarga xizmat ko‘rsatilmoqda.

Xumdon mahallasidagi qabristonga antenna o‘rnatilgan bo‘lib, lekin yakuniy stantsiyani o‘rnatish ishlari tugallanmagan. Bunga sabab aholining “antenna radiatsiya tarqatadi, bu sog‘liqqa zarar” degan e’tirozi bo‘lgan. Xumdon MFYda mobil aloqa sifatini yaxshilash bilan bog‘liq ishlar “O’zmobayl” kompaniyasi tomonidan olib borilishini ma’lum qilamiz.”   

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram