Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
BUGUN TUG‘ILGAN KUN
2022-10-26 20:31:29 181
Bugun Qo‘shtepa tumani hokimligi bosh hisobchisi Muxammadjon Muraximovning tug‘ilgan kuni. Tuman hokimligida o‘tkazilgan tadbirda 28 yildan buyon shu lavozimda ishlagan Muxammadjon Muraximovga hamksablari tomonidan hurmat va ehtirom ko‘rsatildi.
Tuman hokimi I.Novikov va hokim o‘rinbosarlari Muxammadjon akaning mehnatlarini e’tirof etishib, uning sha’niga iliq so‘zlarni aytishdi. Shuningdek, urf-odatlarimizga ko‘ra unga to‘n va do‘ppi kiydirilib, beliga belbog‘ bog‘landi.
Qo‘shtepa tumani hokimligi nomidan Muxammadjon Muraximovni yana bir bora tug‘ilgan kuni bilan tabriklaymiz.
Hurmatli Muxammadjon Tojiboyevich Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy tinchlik, tilab qolamiz. Yuzingizdan tabassum hech qachon arimasin. Omad doimiy hamrohingiz bo‘lsin!