Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
BEMORLARGA MODDIY YORDAM BERILDI
2022-10-22 19:05:00 161
#Inson_qadri_uchun
Murojaatlar ijobiy yechim topmoqda
Qo‘shtepa tumanida joriy yilning 21 oktyabr kuni Respublika ishchi guruhi tomonidan aholi bilan muloqot o‘tkazildi. Ishchi guruhga sog‘ligi bo‘yicha murojaat qilgan fuqarolar “Shodlik” mahalla fuqarolar yig‘ini, Mevazor ko‘chasi, 91-uyda yashovchi F.Madvaliyeva, “Xumdon” mahalla fuqarolar yig‘ini, Baxt ko‘chasi, 66-uyda yashovchi S.Xakimov, “Qo‘rg‘oncha” mahalla fuqarolar yig‘ini, Yakkatut ko‘chasi, 64-uyda yashovchi O.Madraximovalarga bugun tuman hokimligida besh million so‘mdan moddiy yordam pullari topshirildi.
Tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari ko‘magida bemorlarning davolanish uchun xomiylar tomonidan moddiy yordam ajratib berildi.