Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPADA “XALQARO QISHLOQ AYOLLARI KUNI” TADBIRLARI O‘TKAZILMOQDA
2022-10-13 13:35:26 190
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2007 yil 18 dekabridagi yig‘ilishida 15 oktyabr “Xalqaro qishloq ayollari kuni” deb rasman e’lon qilingan.
Bugungi kunda dunyoning ko‘plab davlatlarida mazkur sana xalqaro qishloq ayollari kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.
Mamlakatimizda ham ushbu sana “Xalqaro qishloq ayollari kuni” sifatida keng nishonlanadi. Bugun tumandagi 2-sonli kasb-hunar maktabida sana munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Shuningdek, tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi ham tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimi I.Novikov va tuman IIB boshlig‘i Sh.Mavlonovlar ishtirok etishdi. Tuman rahbari I.Novikov “Xalqaro qishloq ayollari kuni” munosabati bilan barcha xotin-qizlarni samimiy muborakbod etdi.
Tadbir so‘ngida barcha ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.