Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA
2022-10-13 07:50:57 198
15 – oktyabr “Xalqaro qishloq ayollari kuni”
15 – oktyabr “Xalqaro qishloq ayollari kuni” munosabati bilan Qo‘shtepa tumanidagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Shahartepa mahallasining nuroniy onaxonlari, ayollari hamda maktabning yuqori sinf o‘quvchi qizlari ishtirok etishdi.
Ushbu tadbirda tuman hokimining maslahatchisi M.Mo‘ydinova, tuman IIB xotin-qizlar bo‘yicha inspektori D.Vahapova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari D.G’aniyev va Shahartepa mahalla fuqarolar yig‘inining mas’ul xodimlari ham qatnashdilar.
Davra suhbati davomida ishtirokchilar tomonidan ayollarning jamiyatdagi o‘rni va mavqeyi, onalarni e’zozlash hamda boshqa dolzarb mavzular haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbir so‘ngida mahallaning eng namunali ayollari munosib taqdirlandilar.
15 – oktyabr “Xalqaro qishloq ayollari kuni” munosabati bilan Qo‘shtepa tumanidagi tadbirlar davom etmoqda.