Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
JARAYON
2022-10-07 09:25:05 189
Qumtepa mahalla fuqarolar yig‘inida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida xotin-qizlar o‘rtasida “Huquq va majburiyatlaringizni bilasizmi?” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mahalladagi xotin-qizlar ishtirok etgan tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Olimova, tuman IIB HPB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, mayor D.Vaxapova, hudud profilaktika inspektori D.Rahimov, tuman Adliya bo‘limi mutaxassisi A.Siddiqov va Qumtepa mahalla fuqarolar yig‘inining mas’ullari ham qatnashdilar.
Tadbir davomida xotin-qizlarning huquqiy bilimlarini oshirish borasida ularni qiynab kelayotgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.
Shuningdek, xotin-qizlar, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olishda huquqni muhofaza qilish idoralari, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari xodimlari bilan birgalikda jinoyatchilik, chekish, spirtli ichimliklar ichish, o‘z joniga qasd qilish, giyoxvandlik va boshqa noxush xolatlarni oldini olish hamda qonunchilikdagi yangiliklar xususida mutaxassislar tomonidan tegishli tushunchalar ham berildi.