Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
NURONIYLAR HOLIDAN XABAR OLINMOQDA
2022-10-05 13:29:25 198
“Keksalar haftaligi” doirasida doim e’tiborimizda bo‘lgan keksa avlod vakillaridan yana bir bor xabar olish, ularni ziyorat qilish maqsadida Qo‘shtepa tumanida qator tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
Shunday tadbirlardan biri, “Yangi do‘kon” mahallasida bo‘lib o‘tdi. Viloyatimizdagi harbiy qism askarlari Yangi do‘kon ko‘chasida qarilik gashtini surayotgan mehnat fronti qatnashchisi, 93 yoshli Xoshimov Xokimjon ota holidan xabar olishdi.
— Dunyoda xalqlar ko‘p, urf-odatlar ham shunga yarasha, ammo inson qadri-qimmati, uning manfaati yuksak qo‘yilgan yurt hamma joyda ham topilavermaydi, — deydi Ikkinchi jahon urushi davrida mehnat fronti qatnashchi Xoshimov Xokimjon ota. — Shukurki, yurtimiz tinch-osuda. Shu sabab, xonadonlarimiz fayzli obod. Urush yillaridagi ocharchiligu suronli kunlar va o‘tmishning mashaqqatlarini eslasam, bugungi farovon turmushimizga ko‘z tegmasin, deyman.
“Keksalar haftaligi” doirasida joylarda o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlarda keksalarimizning bosib o‘tgan yo‘li, hayotiy tajribasi yoshlarga ibrat ekanligi yana bir bora o‘z ifodasini topmoqda.