Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 167 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPADA PAXTA TERIMI AVJIDA

×

 2022-10-03 16:06:06    193

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani dalalarida paxta yig‘im-terimi qizg‘in pallaga kirdi. Jumladan, “Xavasmand Qorajiyda” MMTPga qarashli fermer xo‘jaliklarida ham terim ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda. Ushbu MMTP 4-sektor hududida joylashgan. Qo‘shtepa tuman davlat soliq inspektsiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Z.Mirzayev paxta dalalarida bo‘lib, terim jarayonida ishtirok etayotgan terimchilar, uyushmagan aholidan tashkil topgan hasharchilar bilan suhbat o‘tkazib, yaratilgan sharoitlar va qulayliklar bilan muntazam ravishda tanishib bormoqda.

Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Uzaqova va 4-sektor shtabi kotibi Q.Rayimovlar “Mustaqillik” fermer xo‘jaligi paxta dalalarida bo‘lib, terimchilar bilan suhbatlashdilar va ilg‘or terimchilarga sovg‘a-salomlar ulashishdi.

“Mustaqillik” fermer xo‘jaligida 54.4 gektar maydonda g‘o‘za parvarishlanib, mo‘l hosil yaratildi. Ayni kunda fermer xo‘jaligi paxtakorlari belgilangan 170 tonna paxta xirmonini yaratish uchun astoydil mehnat qilishmoqda.












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram