Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
PROFILAKTIK TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA
2022-10-03 15:19:14 176
Qo‘shtepa tumani FVB xodimlari tomonidan 2022-2023 yilgi kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarni oldini olish maqsadida, profilaktik tadbirlar muntazam o‘tkazilib kelinmoqda.
Xususan, FVB xodimlari tumanidagi hamkor tashkilotlar bilan aholi yashash xonadonlarida, ishlab chiqarish va ijtimoiy soha ob’ektlarida shuningdek, aholi ko‘p yig‘iladigan maskanlarda fuqarolarga kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, yong‘inlar, tabiiy hamda is gazidan zaharlanishlar, gaz va havo aralashmasi chaqnashi va botulizm kasalliklarini oldini olish bo‘yicha keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.