Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
ILG‘OR TERIMCHILAR MUNOSIB RAG‘BATLANTIRILMOQDA
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/2ac901f583a5d41bb0e0f.jpg)
2022-09-13 15:12:45 114
![](https://telegra.ph/file/2ac901f583a5d41bb0e0f.jpg)
Ayni kunlarda yurtimiz dalalarida paxta yig‘im-terim mavsumi avj pallaga kirib bormoqda. Ming mashaqqat bilan yetishtirilgan hosilni nes-nobud qilmay yig‘ib olish maqsadida terimchilar, ko‘ngilli hasharchilar astoydil bel bog‘lab mehnat qilishmoqda.
Qo‘shtepa tumanida ham paxtakorlar paxta hosilini yig‘ib olish ishlarini jadal sur’atda olib borishmoqda.
![](https://telegra.ph/file/1c78c82b9972228095ac5.jpg)
![](https://telegra.ph/file/a484366ed266a55bfd694.jpg)
Qo‘shtepa tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Olimova tumanidagi fermer xo‘jaliklarida bo‘lib, terim jarayonida ishtirok etayotgan terimchilar bilan suhbat o‘tkazmoqda. Ilg‘or terimchilar esa esdalik sovg‘alari bilan munosib rag‘batlantirilmoqda.