Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YOSHLARGA E’TIBOR
2022-08-31 22:34:26 191
Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz
Dillarda bayram shukuhi
Yoshlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, ularni ijtimoiy-huquqiy va psixologik qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘rgatish va bandligini ta’minlash ishlarini samarali tashkil etishning doimiy moliyaviy manbalarini va ulardan foydalanish tartibini belgilash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 mart kungi 132-sonli va 2022 yil 07 iyun kungi 312-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida bugun, sektor rahbarlari, yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, mahalladagi yoshlar yetakchilari ishtirokida "Yoshlar daftari"ga kiritilgan 26 nafar yoshlarga o‘zini-o‘zi band qilishlari hamda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun asbob-uskuna va mehnat qurollari ajratildi.
Jumladan, 17 nafar xotin-qizlarga tikuv mashinasi, 3 nafar o‘g‘il bollarga inkubator, 2 nafar usta hunarmand yoshlarga payvandlash dastgohi hamda 3 nafar sartaroshlik uskunasi "Yoshlar jamg‘armasi" mablag‘lari hisobidan ajratib berildi.
Bo‘lib o‘tgan tadbirda tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari ishtirok etishib, uskuna va dastgohlarni o‘z egalariga topshirdilar.