Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 180 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAKTAB O‘QUVCHILARIGA MUNOSIB TUHFA (FOTO)

×

 2022-08-31 19:34:51    263

PDF yuklash
Chop etish



Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz

Dillarda bayram shukuhi

Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yillik bayrami munosabati bilan Qo‘shtepa tumanida bayram tadbirlari davom etmoqda. Ushbu shodiyona tumanimizda “Yangi O’zbekistonda el, aziz inson aziz” shiori ostida ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilmoqda. Bugun, maktablarda o‘tkazilgan tadbirlar ham o‘quvchilar va tumandoshlarimizga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Erta tongdan tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, shuningdek, mas’ul idoralarning rahbarlari tumanimizdagi bir nechta umumta’lim maktablarida bo‘ldilar.

Qo‘shtepa tumanida jami 51 ta ta’lim muassasalari faoliyat yuritib kelmoqda. Shunlardan 48 tasi maktablar, 2 tasi ixtisoslashtirilgan maktab internatlari, 1 tasi “Barkamol avlod” bolalar maktabidir.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil

18 martdagi "2022-2026 yillarda “Obod qishloq va obod mahalla dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-172-sonli Qaroriga asosan “Obod qishloq va obod mahalla dasturi doirasida Qo‘shtepa tumani Xalq ta’limi tizimidagi 2 ta ta’lim muassasalarida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borildi.  

Shulardan biri Yangiariq MFY hududidagi 48-umumta’lim maktabi bo‘lib, qurilish ishlari pudratchi tashkilot "Farg‘ona Binokor Me’mor" MChJ tomonidan olib borildi. Hozirgi kunda 1455,8 mln.so‘m mablag‘ evaziga mavjud o‘quv binolarida mukammal ta’mirlash ishlari olib borildi. 





Ushbu maktabning mukammal ta’mirlanishi maktab o‘quvchilari uchun mustaqillik bayramiga munosib tuhfa bo‘ldi. Tadbirda sektor rahbarlari bilan birga mahalla nuroniylari va faollari, maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari, tuman xalq ta’limi bo‘limining mas’ul rahbarlari ishtirok etishdi. Tadbir davomida ishtirokchilar maktabdagi jarayon bilan yaqindan tanishdilar. 






Sektor rahbarlari Langar MFY hududidagi 20-umumta’lim muassasasida ham bo‘lishdi. Tenderda g‘olib bo‘lgan "Marg‘ilon Binokor ta’mir qurilish" MChJ tomonidan dastur doirasida 2421,9 mln.so‘m mablag‘ evaziga mavjud o‘quv binolarini mukammal ta’mirlash ishlari olib borildi. Mukammal ta’mirlangan 20-umumta’lim maktabi ham bugun foydalanishga topshirildi. 





O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 yanvardagi "2022-2024 yillarda O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-98-sonli Qaroriga asosan Investitsiya dasturi doirasida Qo‘shtepa tumani Xalq ta’limi tizimidagi 2 ta ta’lim muassasalarida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilishi belgilangan edi. Xumdon MFY hududidagi 3-umumta’lim muassasasida ham huddi shu dasturga ko‘ra ish olib borildi. 5153,3 mlyard so‘m mablag‘ evaziga mavjud 180 o‘rinli o‘quv binolari mukammal ta’mirlanib, qo‘shimcha 176 o‘rinli o‘quv binosi hamda 12x24 o‘lchamli sport zali qurildi. Pudratchi tashkilot 296-XKMK MChJ tomonidan qurilish-ta’mirlash ishlari  amalga oshirildi.







Maktabda o‘tkazilgan tadbirda sektor rahbarlari ham ishtirok etishdi. Tadbirlarda ishtirok etgan tuman hokimi I.Novikov so‘z olib, barcha ishtirokchilarni mamlakatimiz mustaqilligining 31 yillik bayrami hamda yaqinlashib kelayotgan yangi o‘quv yili bilan tabrikladi.

Shuni alohida takidlash kerakki, o‘tkazilgan barcha tadbirlar ko‘tarinki kayfiyatda bo‘ldi.  O’quvchilar tomonidan qo‘shiq va raqslar ijro etildi. Tadbir ishtirokchilari maktablarning bugungi xolati bilan tanishdilar. Nuroniylar esa yurtga tinchlik-omonlik va baraka so‘rab duoga qo‘l ochdilar.  


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram