Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
AKRAMXON YUNUSOV «SHUHRAT» MEDALI BILAN MUKOFOTLANDI
2022-08-30 15:51:53 202
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq qo‘shtepalik kandakor Yunusov Akramxon Xakimjonovich «Shuhrat» medali bilan mukofotlandi.
Akramxon Yunusovga ushbu medal Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O’zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shgan munosib hissasi, o‘zining yorqin iste’dodi, keng qamrovli ijodiy, ilmiy-amaliy faoliyati bilan xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, mamlakatimizda ilm-fan, ta’lim, sport, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish, yoshlarimizni ona yurtga cheksiz muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi samarali xizmatlari hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun berildi.
Akramxon Yunusov 1980 yilda Qo‘shtepa tumanida tavallud topgan. 1999 yili Marg‘ilon milliy hunarmandchilik litseyini tamomlagan. U 1999-2011 yillarda xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘illanib kelgan. 2011 yildan buyon Qo‘shtepa tumanida misgar-kandakor usta bo‘lib faoliyat olib bormoqda. Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi.