Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
#TASHABBUSLI_ BYUDJET
2022-08-29 09:37:39 200
Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz
Dillarda bayram shukuhi
JARAYoN
G’ishtmon mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqarolar “Tashabbusli byudjet” loyihasida faol ishtirok etdilar. O’z hududiga befarq bo‘lmagan fidoyi insonlar bu jarayonda faol ishtirok etishib, tashviqotning qonun bilan taqiqlanmagan turli yo‘llaridan foydalandilar. Natijada G’ishtmon mahalla fuqarolar yig‘inining birgina o‘zida bugungi kunda “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan jami 3.383.400 ming so‘mlik qurilish ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Ushbu loyihaga ko‘ra, 1959.4 mln so‘m mablag‘lar hisobidan mahalladagi 7 ta ko‘chada 5763 metr asfaltlash ishlari amalga oshirildi. Xususan, Yangiariq ko‘chasida 1100 metr, Bunyodkor ko‘chasidan 1491 metr, Ma’naviyat ko‘chasida 500 metr, Badish ko‘chasida 457 metr, Ohang ko‘chasida 950 metr, Ibn Sino ko‘chasida 625 metr, Nafosat ko‘chasining 640 metr qismida asfaltlashtirish ishlari yakuniga yetkazilmoqda.
Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 600.0 mln so‘m mablag‘lar hisobidan Ohang ko‘chasida 1 dona suv qudug‘i qazish, suv minorasi, suv nasosi, transformator o‘rnatish, atrofini o‘rash hamda unga 400 metr 10 kV kuchlanishli elektr liniyasini tortish ishlari ham boshlanish arafasida turibdi.
Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida esa 202.0 mln so‘m mablag‘lar hisobidan Ma’naviyat ko‘chasida 1 dona 160kVa transformator, 1300 metr 0.4 kv, 200 metr 6-10kv tarmoq tortilib, 35 dona tayanchlar o‘rnatildi. Badish ko‘chasida 1 dona 250 kVa transformator o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.