Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 173 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUZAFFAR RAZAKOV «DO‘STLIK» ORDENI BILAN MUKOFOTLANDI

×

 2022-08-23 09:20:39    317

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq Qo‘shtepa tumanidagi «Fergana Global Textile» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi Razakov Muzaffar Maxamatovich «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi.

Muzaffar Razakovga orden mamlakatimizda tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, davlat-xususiy sherikchilik munosabatlarini keng joriy etish borasida yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, respublikamizning iqtisodiy qudrati va eksport salohiyatini oshirishga katta hissa qo‘shib kelayotgani, o‘zining tashabbuskorligi, bilim va tajribasini yaqqol namoyon etib, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi farovonligini yuksaltirish yo‘lida alohida ibrat va namuna ko‘rsatayotgani, shuningdek, jamiyatda o‘zaro ko‘mak, saxovat va mehr-oqibatni kuchaytirishga qaratilgan ezgu ishlardagi faol ishtiroki uchun berildi.

Muzaffar Razakov 1977 yilda Marg‘ilon shahrida tavallud topgan. 1999 yili Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. U turli yillarda O’zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo‘mitasi huzuridagi Bozor islohotlari instituti tadqiqotchisi, “Art Textile” MChJ kompaniyasining biznes-maslahatchisi, Almarai Group (Saudiya Arabistoni) kompaniyasining bosh menejeri, Maschinenfabrik Riyeter AG (Shveytsariya) kompaniyasida loyihalar bo‘yicha bosh rahbari, "Riyeter Uzbekistan" MChJ XK Bosh direktori bo‘lib ishlagan.

2016 yildan “Fergana Global Textile” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi hisoblanadi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram