Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QARZ UCHUN 2 TA “LACETTI 2” XATLANDI
2022-08-12 16:54:30 159
FIB Marg‘ilon tumanlararo sudining 2022 yil 21 iyundagi hamda 2022 yil 23 iyundagi qarorlariga asosan undiruvchi “Anorbank” foydasiga qarzdor T.I.dan 102.630.000 so‘m va O.D.dan 84.373.000 so‘m qarzdorlik undirish, undiruvni garovga qo‘yilgan “LACETTI 2” rusumli avtotransport vositalariga qaratish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha Majburiy ijro byurosining Qo‘shtepa tumani bo‘limi tomonidan qarzdorlarga ixtiyoriy muddat berib, ogohlantirilgan.
Lekin, qarzdorlar bank oldidagi qarzlarini bartaraf etmaganligi sababli, 2022 yil 10 avgust kuni garovga qo‘yilgan “LACETTI 2” rusumli avtotransport vositalari xatlanib, jarima maydoniga olib kirildi.
Hozirda 2 ta “LACETTI 2” avtomashinasini auktsion savdoga qo‘yish choralari ko‘rilmoqda.