Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 67 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISH TAHLILIY VA TANQIDIY RUHDA O‘TDI

×

 2022-07-27 14:31:35    108

PDF yuklash
Chop etish



Bugun, Qo‘shtepa tumani hokimligining majlislar zalida tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida joriy yil birinchi yarim yillik faoliyati yakunlari hamda kelgusidagi vazifalar xususida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.



Unda Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i M.Jo‘rayev, tuman hokimi I.Novikov hamda sektor rahbarlari, shuningdek, tumandagi huquq-tartibot idoralarining rahbar va xodimlari hamda mutasaddi tashkilotlarning vakillari ishtirok etishdi.

Tanqidiy va tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i M.Jo‘rayev so‘z olib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar huquq-tartibot tizimida ham o‘zining yorqin samaralarini berayotganini, jinoyatchilikning oldini olish, uni barvaqt aniqlash hamda samarali qarshi kurashish huquqni muhofaza qiluvchi organlarning bu boradagi faoliyati bir qator davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligiga bog‘liq ekanini alohida ta’kidladi.  








Shuningdek, yig‘ilish davomida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishda nafaqat IIB va mahalla fuqarolar yig‘inlari xodimlari, balki jamoatchilik nazoratini kuchaytirish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar tomonidan jinoyatchilik, huquqbuzarlik va ijtimoiy noxush holatlarning barvaqt oldini olish masalalari yuzasidan og‘ir mahalla fuqarolar yig‘inlari va ulardagi notinch oilalarga e’tibor qaratilishi, hududda noxush holatlarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar belgilab olindi.




Tadbir so‘ngida mas’ullarga huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jinoyatchilikni jilovlash, osoyishtalikni ta’minlash va bu yo‘nalishda davlat va jamoat tashkilotlari bilan uzviy hamkorlikni jadallashtirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.  


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram