Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“HOKIM VA BITIRUVCHILAR UCHRASHUVI” O‘TKAZILDI
2022-07-20 23:06:34 233
Qo‘shtepa tumanidagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2-6-32 hamda 42-maktablarining 100 nafardan ziyod bitiruvchi yoshlar ishtirokida “Hokim va bitiruvchilar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Unda tumandagi mas’ul idoralarning rahbarlari ham ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida tuman hokimi Ilyosbek Novikov, tuman prokurori Farxodjon Ismoilovlar yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida gapirib o‘tishdi.
Uchrashuvda bitiruvchilar yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan mamnun ekanliklarini ta’kidlashdi. Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari asosan ishga joylashish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish kabi masalalarda murojaat qilishdi. Tuman hokimi har bir murojaat yuzasida batafsil tushuncha va tavsiyalar berdi.