Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 158 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

#INSON_QADRI_UCHUN

×

 2022-07-06 18:10:23    189

PDF yuklash
Chop etish



Qurbon hayiti arafasida ehtiyojmand oilalarga beg‘araz bug‘doy tarqatildi







Qo‘shtepa tumanida Qurbon hayiti arafasida xayrli ishlarning ko‘lami kengaymoqda. Joriy yilgi g‘alla mavsumini yuqori darajada uyushqoqlik bilan o‘tkazib, ulkan xirmon uygan qo‘shtepalik fermerlar hamda g‘allachilik klaster korxonalari tomonidan mavjud 51 ta mahallalardagi ehtiyojmand va kam ta’minlangan oilalarga bug‘doy, somon bog‘lamlari tarqatilib, takroriy ekin ekish uchun yer maydonlari ajratib berildi. 






Bugun tumandagi “Baxt Yo‘ldosh Oxun” MMTPda ikki ming qirq beshta oilaga 100-150 kilogrammdan bug‘doy beg‘araz tarqatildi. Shu munosabat bilan xalq oldiga fayzli dasturxon yozilib, issiq ovqat tortildi.

Tadbirda sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari va mas’ul idoralarning rahbarlari ishtirok etishdi. 



Jarayonda ishtirok etgan tuman hokimi Ilyosbek Novikov so‘z olib, tadbir ishtirokchilarini yaqinlashib kelayotgan Qurbon hayiti bilan samimiy tabrikladi. Shuningdek, saxovatpesha fermerlar hamda g‘allachilik klasterlariga minnatdorlik bildirdi.

Fuqarolar ham bunday g‘amxo‘rlik va davomli e’tibordan mamnun ekanliklarini bildirishdi.

Tadbirdan so‘ng bug‘doylar har bir mahalla uchun ajratilgan yuk mashinalari yordamida xonadonlarga eltib berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram