Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“HOKIM VA BITIRUVCHILAR UCHRASHUVI” O‘TKAZILDI
2022-07-02 10:15:05 218
Qo‘shtepa tumanidagi 50-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 3.37.50-maktablarning 100 nafardan ziyod bitiruvchi yoshlari bilan “Hokim va bitiruvchilar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Unda tumandagi mas’ul idoralarning rahbarlari ham ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida tuman hokimi Ilyosbek Novikov yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida gapirib o‘tdi. Uchrashuvda bitiruvchilar ham yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan mamnun ekanliklarini ta’kidlab o‘tishdi.
Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari asosan ishga joylashish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish kabi masalalarda murojaat qilishdi. Tuman hokimi har bir murojaat yuzasida batafsil tushuncha va tavsiyalar berdi. Bundan tashqari, tashkilot rahbarlari ham berilgan savollarga atroflicha javob qaytarishdi.
Albatta, bu kabi tadbirlarning tashkil etilishi yoshlar o‘rtasidagi muammolarning o‘z vaqtida yechim topishiga imkoniyat yaratadi. Ishonamizki, bitiruvlar yangi hayotga qadam tashlab, o‘z imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadilar.