Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 143 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JARAYON

×

 2022-07-02 08:21:18    118

PDF yuklash
Chop etish



Xumdon mahalla fuqarolar yig‘inida “Jaholatga qarshi – ma’rifat” shiori ostida profilaktik suhbat tashkil etildi. Unda tuman targ‘ibot guruhi rahbari D.Yusupova, tuman bosh otinoyisi M.O’rmonova, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Qo‘shtepa tumani vakili S.Nuriddinov hamda mahalla faollari va targ‘ibot guruhi a’zolari, diniy ta’lim berishga moyilligi bo‘lgan shaxslar ishtirok etishdi.

Suhbat davomida mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, ommaviy madaniyatni hamda noqonuniy diniy saboq berish holatlarini oldini olish, mahallalarda hushyorlik va ogohlikni kuchaytirish, voyaga yetmaganlarni diniy saboq olish maqsadida noqonuniy ravishda Misr Arab Respublikasiga chiqib ketishini oldini olish, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga diniy tus berilishi, soxta g‘oyalarni asl diniy qadriyatlar sifatida talqin qilinishi, aholi orasida nosog‘lom aqida singdirilishini oldini olish, milliy va diniy qadriyatlarga hurmatni yanada oshirish, yoshlar ta’lim-tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratish hamda jamiyatda “Jaholatga qarshi – ma’rifat” degan ulug‘vor g‘oya asosida dinning insonparvarlik, ezgulik va tinchlik kabi fazilatlarini hamda diniy bag‘rikenglik ruhini keng targ‘ib qilish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi, qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.




Shuningdek, ishtirokchilarga aholi orasida mutaassiblikni oldini olish yuzasidan videorolik namoyish etilib, ajrim yoqasidagi bir oilaning muammolari o‘rganilib, ularni murosaga keltirish choralari ko‘rildi.

Tadbir so‘ngida mahalladagi faol targ‘ibot guruhi a’zolari tuman hokimining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram