Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KONSTITUTSIYAVIY QONUN BO‘YICHA OCHIQ MULOQOTLAR DAVOM ETMOQDA
2022-06-28 19:03:55 156
Qo‘shtepa tumanida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sherzod Raximovning “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini umumxalq muhokamasiga qo‘yish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sherzod Raximov ishtirokidagi navbatdagi ochiq muloqotlar bugun Qizilariq, Qamishtepa, Namuna, Qumtepa va Qiyqi mahallalarida o‘tkazildi. Unda mahalla faollari hamda Xalq deputatlari Qo‘shtepa tuman Kengashi deputatlari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida birinchi o‘qishda qabul qilingan konstitutsiyaviy qonun loyihasi haqida atroflicha ma’lumot berildi.