Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
USTOZ JURNALIST XATICHAXON KARIMOVA “MEHNAT SHUHRATI” ORDENI BILAN TAQDIRLANDI
2022-06-27 12:17:58 150
Xatichaxon Karimova gazeta jurnalistikasi sohasida qariyb ellik yildan ortiq ish tajribasiga ega. Bu faqat so‘zda aytilgandagina jo‘n va oson tuyuladi. Aslida bu katta va zahmatli mehnat, izlanish, el dardi bilan yashash demakdir. Mana shu mehnatlar o‘zining samarasini ko‘rsatdi, ya’ni “Oydin” gazetasi muharriri Xatichaxon Karimova Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev farmoniga ko‘ra davlatimizning yuksak mukofoti – “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi.
Davlatimizning yuksak mukofoti bilan ustozimiz Xatichaxon Karimovani Qo‘shtepa tumani hokimligi, tuman ahli va shogirdlar nomidan qutlaymiz!