Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
IJTIMOIY YORDAMGA MUHTOJ OILALARGA UN TARQATILMOQDA
2022-06-23 21:19:38 204
Yurtimizda o‘zaro mehr-oqibat, saxovat kabi ezgu fazilatlar ulug‘lanadi. Ehtiyojmand kishilar, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, jumladan, kam ta’minlangan oilalar davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Insonparvarlik, mehr-oqibat, saxovat tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, Qo‘shtepa tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga un tarqatish uchun “Mahalla” xayriya jamoat fondi qoshida tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan jami 652 ta xonadonga 279 million 700 ming so‘mlik un mahsulotlari tarqatildi. Ezgu sa’y-harakatlar davom etmoqda.