Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
#TASHRIF
2022-06-23 16:40:46 199
Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari A.O’rinboyev Qo‘shtepa tumanidagi Shodlik mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalladagi hokim yordamchisi M.Saidova tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Shuningdek, mahalladagi tadbirkorlar, hunarmandlar, tomorqachilarning xonadonlariga ham tashrif buyurildi.
Dastlabki manzil “Arf.Kamol.Ziyo” MChJ bo‘ldi. MChJda 25 sotix yer maydonida issiqxona qurilib, 9 ta ishchi o‘rni yaratlgan. Issiqxonaga ekilgan pomidordan tadbirkor A.Isroilov katta daromad olmoqda. Tashrif chog‘ida A.O’rinboyev tadbirkor bilan hamsuhbat bo‘lib, uning istiqbolli rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
Shuningdek, 159 nafar fuqarolarni savzavotchilik yo‘nalishi bo‘yicha ish bilan band qilgan “Bog‘i Bo‘ston” MChJ hamda o‘z xonadonlarida parrandachilik, asalarichilik yo‘nalishlari bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar tomonidan olib borilayotgan ish jarayonlari bilan ham tanishildi.