Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
OILAVIY AJRIMLARNING OLDINI OLAYLIK
2022-06-20 14:23:23 224
Oila jamiyatning negizi, vatan ichra bir vatandir deydi dono xalqimiz. Shunday ekan ularning ajralib ketishini oldini olish barchamizning zimmamizga birdek mas’uliyat yuklaydi.
Bugungi kunda Qo‘shtepa tumanida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni yarashtirish va oila tinchligini saqlab qolish ishlarida barcha mutasaddi tashkilotlar jonbozlik ko‘rsatib hamkorlikda ish yuritib kelmoqda.
Qo‘shtepa tumanidagi 49-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Eshonguzar, Balandmasjid, Sarmazor hamda Quvurboshi mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi xotin-qizlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan davra suhbati ham aynan oilaviy ajrimlarni oldini olish maqsadida o‘tkazildi.
“Oila muqaddas” va “Ayol e’zozda” deb nomlangan davra suhbatida tuman hokimi o‘rinbosari oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Olimova ham ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar ajrimlarni oldini olish, farzandlarni tirik yetim qilmaslik, yosh oilalarga ayniqsa, yosh qaynonalarga ko‘proq bir-birlariga bo‘lgan munosabatlar haqida tushuntirishlar berish, qaynona-kelin o‘rtasidagi munosabat bo‘yicha xar bir ko‘chalar kesimida davra suhbatlari olib borish kerakligini ta’kidlab o‘tishdi. Shuningdek, mahallardagi ko‘cha dasturxonchilariga, mahallaning faol ayollariga, otinoyilarga ajrimlarni oldini olish bo‘yicha ko‘rsatma va takliflar berildi.
Tadbir davomida mahalladagi eng namunali oila vakillariga esdalik sovg‘alari topshirildi.