Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
#JARAYON
2022-06-17 13:39:09 205
Bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shtepa tumani bo‘linmasining tashabbusi bilan 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tuman xalq ta’limi bo‘limi tassarufidagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilari bilan suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida o‘quv yilining yakuniy sarhisobi haqida so‘z yuritildi.
Tadbirda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi o‘rinbosari Dilshodaxon Ergasheva ham ishtirok etdi.