Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TANISHTIRUV
2022-06-09 15:09:31 213
Mamadaliyev Akmaljon Djurayevich Qo‘shtepa tumani adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Akmaljon Mamadaliyev 1974 yilda Dang‘ara tumanida tug‘ilgan. 2000 yilda Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1991-1992 yillarda Dang‘ara tumani “Kalinin” xo‘jaligida ishchilikdan boshlagan. Faoliyati davomida Qo‘qon shahar “Oxunboboyev” tikuv fabrikasi qurilish bo‘limi ishchisi, Dang‘ara tumani xalq ta’limi bo‘limi qoshidagi “Ta’minot bazasi” ishchisi, Qo‘qon shahar 2-son davlat notarial idorasida o‘rganuvchi notarius, Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘limi katta maslahatchisi, Jinoyat ishlari bo‘yicha Yozyovon tuman sud raisi, Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi Tadbirkorlik sub’ektlari va xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilish bo‘limi bosh maslahatchisi, Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi Notariat, advokatura va FHDYo organlari bo‘limining boshlig‘i, shuningdek, Marg‘ilon shahar adliya bo‘limi boshlig‘i kabi turli lavozimlarda ishlagan.
Tayinlovga qadar Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi Huquqiy xizmatlar bo‘limi bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat olib borgan.
Oilali, turmush o‘rtog‘i – hamshira, to‘rt nafar farzandi bor.