Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 84 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

#Open_ byudjet

 2022-06-09 14:08:01    721

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 sentyabrdagi “Ochiq Byudjet” axborot partali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtrishni yanada kengaytrish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 5250-sonli qaroriga asosan jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni moliyalashtirish uchun tuman hokimligida “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” tashkil etildi. Jamg‘arma mablag‘larini tuman byudjetining 5 foizi hamda qo‘shimcha manbalarining kamida 30 foizini yo‘naltirish orqali shakllantirish belgilangan bo‘lib, tuman “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”da 2021 yil 3-chorak daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismining 30 foizi ya’ni 388,0 mln.so‘m va “Ochiq byudjet” axborot portalida 2021 yil davomida g‘olib deb topilgan takliflardan iqtisod qilingan 23,6 mln.so‘m mablag‘lar bilan birgalikda 2022 yil boshiga jami 411,6 mln.so‘m qoldiq mablag‘lar mavjud edi. Joriy yilning 1-fevralidan 2-apreliga qadar o‘tkazilgan uch bosqichdan iborat jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish jarayoni uchun tuman mahalliy byudjetining 5 foizining yarmi ya’ni 4 mlrd 458 mln.so‘m va 2022 yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan 1 mlrd 163 mln.so‘m mablag‘lar tuman hokimining tegishli farmoyishlariga asosan belgilangan tartibda “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga yo‘naltirildi va ushbu jamg‘armada jami 6 mlrd 33 mln.so‘m mablag‘ shakllandi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 apreldagi “Tuman va shahar byudjetlari mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllanirilgan tadbirlarga yo‘naltirish jarayonlarida fuqarolarning ishtirokini yanada qo‘llab-quvatlash to‘g‘risida”gi PQ-197-sonli qaroriga asosan“ tumanimizda har biri 2 ming tadan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib bo‘lmagan 6 ta takliflarni moliyalashtirish uchun 2 mlrd 493,2 mln.so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratildi va Qo‘shtepa tumani hokimligida tashkil qilingan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”da jami 8 mlrd 519 mln 300 ming so‘m mablag‘ shakllandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-son qarori ijrosi yuzasidan joriy yilda 1-fevraldan 2-aprelga qadar O‘zbekiston Respublikasining “Ochiq byudjet” (openbudget.uz) portali orqali uch bosqichdan iborat jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish jarayoni o‘tkazildi.

Birinchi bosqich – 1 fevraldan 22 fevralga qadar o‘tkazilib, unda jamoatchilik tomonidan jami 114 ta 58 mlrd 234 mln.so‘mlik takliflar (tashabbus) kiritildi.

Ikkinchi bosqich – 23 fevraldan 4 martga qadar bo‘lgan muddatda Ishchi guruh tomonidan fuqarolarning takliflari tegishli tashkilotlar xulosalari asosida ko‘rib chiqilib, 82 ta 37 mlrd

256 mln.so‘mlik takliflar moderasiyadan o‘tkazildi (qabul qilindi).

Yakuniy uchinchi bosqich – 5 martdan boshlab moderasiyadan o‘tgan takliflarga jamoatchilik tomonidan ovoz berish jarayoni 2 aprelga qadar bo‘lgan muddatda qadar davom etdi.

Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, 17 ta 8 mlrd 519 mln.so‘mlik takliflarga jamoatchilik tomonidan eng ko‘p ovoz berildi. Jumladan,

1. Qo‘shtepa tumani Qorajiyda qishlog‘i elektr infratuzilmasini yaxshilash to‘g‘risidagi 1 mlrd 080 mln.so‘mlik taklifga 3965 ta (ID raqami 1480400015),

2. Gʻishtmon MFY Oxang ko‘chasi infratuzilmasini yaxshilash to‘g‘risidagi 923 mln.so‘mlik taklifga 3908 ta (ID raqami 1480400009),

3. Oqtepa MFY Nayman qishlog‘iga asosiy quvirdan yangi tarmoq ochish to‘g‘risidagi 600 mln.so‘mlik taklifga 3215 ta (ID raqami 1480400109),

4. Shomirza MFY Chinobod ko‘chasida joylashgan "O‘zbekiston" shifokorlar xizmat uyini ta’mirlash uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi 200 mln.so‘mlik taklifga 3183 ta (ID raqami 1480400043),

5. Gʻishtmon MFY Ma’naviyat, Ibn sino va Nafosat ko‘chalarining infratuzilmasini yaxshilash uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi 730,1 mln.so‘mlik taklifga 3169 ta (ID raqami 1480400031),

6. Gʻishtmon MFY Badish ko‘chasining infratuzilmasini yaxshilash uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi 227,4 mln.so‘mlik taklifga 2847 ta (ID raqami 1480400032),

7. Gʻishtmon MFY Bunyodkor, Dilxush va Yangiariq ko‘chalarining 2591 metr kismini asfalt qilish mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi 880,9 mln.so‘mlik taklifga 2594 ta (ID raqami 1480400008),

8.Gʻishtmon MFY Yangiariq va Ma’naviyat ko‘chalarini Karnaychi MFYgacha ulanish qismigacha aslatlashtirish to‘g‘risidagi 622,0 mln.so‘mlik taklifga 2490 ta (ID raqami 1480400108),

9. Paxtakor MFY Marg‘ilonsoy ko‘chasini asfaltlashtirish to‘g‘risidagi 450,0 mln.so‘mlik taklifga 2452 ta (ID raqami 1480400060),

10. Kattabeshkapa MFY Bog‘imaydon ko‘chasining infratuzilmasini yaxshilash uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi 171,5 mln.so‘mlik taklifga 2382 ta (ID raqami 1480400033),

11.Bo‘ston MFY Kanalbo‘yi ko‘chasiga 1 dona trasformator 20 dona sim yog‘och va 500 metr tarmoq tortish uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi 141,2 mln.so‘mlik taklifga 2369 ta (ID raqami 1480400011),

12.Loyson MFY Mulkobod ko‘chasini asfalt qilish to‘g‘risidagi 450,0 mln.so‘mlik taklifga 2316 ta (ID raqami 1480400101),

13.Qumtepa MFY Iqtidor ko‘chasining 500 metr qismini asfalt qilish uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi 170,0 mln.so‘mlik taklifga 2311 ta (ID raqami 1480400010),

14. Qorakaltak MFY Kelajak ko‘chasiga 2 dona transformator, 60 dona simyog‘och va 500 metr elektr tarmog‘i tortish uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi 247,6 mln.so‘mlik taklifga 2210 ta (ID raqami 1480400017),

15.Kichikbeshkapa MFY Xilol, Ravnaq va Subhidam ko‘chalarining infratuzilmasini yaxshilash uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi 485,6 mln.so‘mlik taklifga 2181 ta (ID raqami 1480400037),

16. Qirg‘izobod qishlog‘i Ch.Aytmatov, Oydinbuloq va Nayman ko‘chalarini asfaltlashtirish uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi 950,0 mln.so‘mlik taklifga 2137 ta (ID raqami 1480400024),

17. Kizilariq MFY binosini joriy tamirlash to‘g‘risidagi 190,0 mln.so‘mlik taklifga 2043 ta (ID raqami 1480400039)

Mazkur tadbirlarni moliyalashtrish bo‘yicha manzilli dastur asosida xar bir g‘olib taklif uchun tuman Tibbiyot birlashmasi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi va Obodonlashtrish boshqarmasiga har bir loyixa uchun alohida shaxsiy g‘azna hisob raqamlari ochilib, belgilangan tartibda mablag‘lar ajratib berilgan. Bugungi kunda manzilli dastur asosida amaliy ishlar bajarilmoqda.