Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
#INSON_QADRI_UCHUN
2022-06-06 21:26:12 213
Ozodlikdan mahrum etilgan Alisher Mo‘minov joriy yil 31 yanvar kuni Prezident farmoni bilan afv etilib, muddatidan avval ozodlikka chiqarildi. U Qo‘shtepa tumanidagi Istiqlol mahalla fuqarolar yig‘inida yashaydi.
Qilmishiga pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga o‘tgan Alisher Mo‘minovning ijtimoiy moslashtirish tadbirlarida oilaviy ahvoli o‘rganildi. O’rganish jarayonlarida uni ilgari kosibchilik bilan shug‘ullanganligi, hozirda ham ushbu kasbini davom ettirish istagi borligi ma’lum bo‘ldi. Alisher Mo‘minov hunarmandchilik faoliyatini kengaytirish va ishchi o‘rni yaratish maqsadida poyabzal tikish dasgohlarini olib berishni so‘radi. Ushbu murojaat ijobiy hal etilib, unga 35 million so‘mlik 3 ta poyabzal tikish dastgohlari olib berildi.
Bugun ushbu dastgohlar tuman hokimi I.Novikov va boshqa mas’ul idoralarning rahbarlari ishtirokida Alisher Mo‘minovga topshirildi.
Alisher Mo‘minov va uning oila a’zolari ham o‘z navbatida bunday e’tibordan mamnun bo‘lib, yurtboshimizga o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.