Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
#INSON_QADRI_UCHUN
2022-06-03 23:01:57 343
MADANIYaT KARVONI QO’ShTEPADA
“Yangi O’zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan navbatdagi ijodiy uchrashuvlar bugun Qoraqushchi, Katta beshkapa, Kichik beshkapa, O’qchi, O’rta o‘qchi mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi aholi uchun 46-umumiy o‘rta ta’lim maktabining hovlisida bo‘lib o‘tdi.
Bugungi tadbirda O’zbekiston davlat drama teatri aktrisasi Muhabbat Abdullayeva, O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdulxay Karimov, estrada xonandasi Umid Shahobov, estrada xonandasi Gulasal Abdullayeva, O’zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari ansambili xonandasi Boburjon Xudoyqulov, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmon, Respublika ma’naviyat va ma’rifat targ‘ibotchisi Obiddin Mahmudovlar ishtirok etishdi.
San’atkorlarimiz tumanimizning qay go‘shasiga borishmasin xalq ularni hurmat va ehtirom ila kutib olmoqda.
Fayzli davralarda san’atkorlar she’r aytib, qo‘shiq kuylamoqdalar. Mehmondo‘z xalqimiz esa raqsga tushib, qo‘shiqlarga jo‘r bo‘lishmoqda. Bugungi tadbir ham ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.
Tadbir davomida Respublika ma’naviyat va ma’rifat targ‘ibotchisi Obiddin Mahmudov o‘zining “Farzandnoma” kitobini eng eng topqir kitobxonlarga taqdim etdi.
Bugungi tadbirda ham kuylar qo‘shiqlarga, qo‘shiqlar raqslarga ulandi. Xullas, hudud aholisi miriqib dam olishdi.