Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 144 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAN’ATKORLAR MUXLISAXONNING UYIDA MEHMON BO‘LISHDI

×

 2022-06-01 00:06:25    239

PDF yuklash
Chop etish



Avval xabar berganimizdek, bugun “Yangi O’zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan navbatdagi ijodiy uchrashuv Eshonguzar mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 49-umumiy o‘rta ta’lim maktabining hovlisida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirdan so‘ng bir guruh san’tkorlarimiz, O’zbekiston davlat drama teatri aktrisasi Muhabbat Abdullayeva, O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdulxay Karimov, badiiy so‘z ustasi Zokir Ochildiyev, estrada xonandasi Umid Shahobov, estrada xonandasi Gulasal Abdullayeva, O’zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari ansambili xonandasi Boburjon Xudoyqulov, shoir Rustam Musurmon, Respublika ma’naviyat va ma’rifat targ‘ibotchisi Obiddin Mahmudovlar Eshonguzar mahallasida istiqomat qiluvchi mehnat faxriylari va nuroniy onaxonlarimizning holidan xabar olishib, ularga ehtirom ko‘rsatishdi.



Tadbir davomida kutilmaganda bir qizaloq san’atkorlarning yoniga kelib yig‘lab yubordi.

Bundan taajjublangan mehmonlar qizaloqqa yuzlanib sababini so‘rashdi.

Yig‘idan o‘zini tiya olmagan qizcha: “Nega biznikiga kirmaysizlar, men ham uyimizda mehmon bo‘lishlaringni xohlayman, bizni uyimizga ham kiringlar – dedi.




Shundan so‘ng, O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdulxay Karimov boshchiligidagi mehmonlar Muxlisaxonning taklifiga ko‘ra, uning xonadonida mehmon bo‘lishdi. Sevinch ko‘z yoshlarini tiya olmayotgan qizaloqqa ustoz san’atkor Abdulxay Karimov qo‘shiq kuylab berdi.

49-maktabning 4-sinfini tamomlagan Muxlisaxon Mamadaliyevaga san’atkorlar badiiy kitoblar jamlanmasini sovg‘a qilishdi va o‘zlarining yaxshi tilaklarini bildirishdi.

 Ha, elimiz ardog‘idagi san’atkorlarning kutilmagan bu tashrifi Muxlisa Mamadaliyeva va uning oila a’zolari uchun unutilmas xotira bo‘lib qoladi albatta.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram